Toʻyxona haqida
Bir tom ostida oʻzbek va Yevropa oshxonasi: qozon, tandir va ochiq oshxona.
Anʼana zamonaviylik bilan uchrashadigan toʻyxona
An’ana Hall — Toshkentning Yangi hayot tumanidagi toʻyxona. Uning gʻoyasi — oʻzbekona meʼmoriy bezaklar, nafis detallar va zamonaviy yechimlarni bir muhitda birlashtirish.
Interyer va fasadda milliy naqshlar, bezaklar, monumental shakllar va dekorativ elementlar bor. Lekin ular zamonaviy talqinda qoʻllanilgan, ortiqcha milliylashtirilmagan — nafis va zamonaviy.
«Brend bu logotip emas — odamlar ongidagi ishonchdir»
Shu sababli An’ana Hall’da milliy ruh, zamonaviylik va toʻyxonaga xos hashamat birga yashaydi: «A» medalyonli fasaddan dasturxon bezagi va ofitsiantlar kiyimigacha.
Sanani faqat telefon orqali qabul qilamiz: shunda bayram sababi, mehmonlar soni va zal hamda menyuga oid istaklarni darhol aniqlab olamiz.

Bosh oshpaz
Lorem Ipsumov
Toshkentda oʻsgan, toʻy oshlarida oshpaz yordamchisi boʻlib ish boshlagan. Keyin oʻn yil Istanbul va Moskva oshxonalarida ishlab, Yevropa texnikasini oʻrgangan, ammo oshni hamon oʻzi damlaydi.
An’ana Hallda ikkala oshxonaga ham javob beradi. Har mavsumda menyuning bir qismini yangilaydi: bahorda sumalak va koʻkatli somsa, kuzda qovoqli manti va gulxanda shoʻrva qoʻshadi.
Bizning tamoyillarimiz
Qozon, tandir va choʻgʻ
Oshni ochiq olovda choʻyan qozonda damlaymiz, somsa va nonni tandirda yopamiz, shashlikni saksovul choʻgʻida pishiramiz. Taʼmni faqat olov beradigan joyda bugʻli pechlarsiz ishlaymiz.
Har tong bozordan mahsulot
Qoʻy goʻshti, koʻkat va sabzavotlarni pishirish kuni Toshkent bozorlaridan olamiz. Osh uchun devzira va sariq sabzini oʻzimiz tanlaymiz, guruchni kechqurundan ivitib qoʻyamiz.
Mehmon kutmaydi
Oʻtirganingizdan besh daqiqa oʻtib choy va non dasturxonda boʻladi. Agar taom yigirma daqiqadan koʻp tayyorlansa, ofitsiant buni oldindan aytadi.


Bayramingizni muhokama qilamiz
Sanani band qilish — +998 99 998 00 54
Sanani telefon orqali band qilish, har kuni 08:00–00:00